Asia Trans Gas da “Yashil ofis” tashabbusi: Barqaror kelajak sari qadam

Zamonaviy dunyoda biznes nafaqat iqtisodiy muvaffaqiyat uchun, balki atrof-muhitga ta’siri uchun ham mas’uldir. Aynan shu sababli “Asia Trans Gas” MCHJ qo‘shma korxonasida “Yashil ofis” tashabbusi — ekologik siyosatni shakllantirish va resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga qaratilgan texnik va motivatsion chora-tadbirlar majmui joriy etilmoqda.

Tashabbus 3R formulasi asosida qurilgan:

Reduction (kamaytirish): resurslarni tejash — elektr energiyasi, suv, qog‘oz va boshqa materiallardan samarali foydalanish. Elektron hujjat aylanishiga o‘tish, qog‘ozning ikki tomoniga chop etish va chiqindi qog‘ozni topshirish korporativ madaniyatning bir qismiga aylanmoqda.

Refinement (qayta foydalanish): chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Replacement (almashtirish): xodimlar salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish — ularning farovonligiga hissa qo‘shadigan sharoitlarni yaratish. Xavfsiz materiallar va tovarlarni tanlash, xodimlarning sog‘lig‘i va xavfsizligini hisobga olgan holda ish va turar joy binolarini tashkil etish, ofislarni ko‘kalamzorlashtirish shular jumlasidandir.

“Yashil ofis – bu shunchaki talab emas, balki atrof-muhit uchun mas’ul bo‘lgan kompaniya uchun muhim ustunlikdir. Tashabbus doirasida Buxoro MGQBBda ish joylarini ko‘kalamzorlashtirish, energiya va suv sarfini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Bu tadbirlar barqaror rivojlanish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbusning asosiy maqsadi – ekologik turmush tarzini shakllantirish, ‘yashil’ loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va xodimlar orasida atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishdir,” — deya ta’kidladi ekspluatatsiya bo‘yicha bosh menejer birinchi o‘rinbosari, Buxoro MGQBB direktori o‘rinbosari Otabek Komilov.

Tashabbus doirasida 165 dan ortiq turli xil xonaki gullar xarid qilinmoqda, jumladan sansevieriya, shefflera, xlorofitum va fikus. Ular mintaqaning issiq iqlimiga chidamli bo‘lib, xonadagi havoni tozalaydi va namlantirib turadi.

Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish qog‘oz sarfini sezilarli darajada kamaytirdi — 2024-yilning shu davriga nisbatan qog’oz sarfi 31,09% ga kamaygan. Bir nechta departamentlar tasdig‘ini talab qiladigan hujjatlarning aksariyati elektron shaklda imzolanadi, bu nafaqat hujjatlarni tezkor qayta ishlashni ta’minlaydi, balki qog‘oz va chop etish xarajatlarini ham qisqartiradi.

Ushbu tashabbusning joriy etilishi faqatgina ekologik transformatsiya talablarini bajarish bo’lib qolmadi. Bir qarashda oddiy bo‘lib tuyuladigan kundalik harakatlar asta-sekin xodimlarning turmush tarziga aylanmoqda. Ular nafaqat tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, balki uning in’omlarini qadrlashga, atrof-muhitni asrab-avaylashga hissa qo‘shishga yordam beradi.