Yoningizdamiz va befarq emasmiz: Asia Trans Gas ijtimoiy tashabbuslari
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi nafaqat energetika sohasida, balki ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi gumanitar aloqalar va do‘stlikni mustahkamlashda yangi imkoniyatlar ochadi, jamiyat rivoji va ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Prezidentimizning 2026-yil 17-fevraldagi “Muborak Ramazon oyida aholining ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67-sonli qaroriga muvofiq, “Asia Trans Gas”kompaniyasi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga qo‘shilib, joriy yilning fevral va mart oylarida “Yoningizdamiz va befarq emasmiz” loyihasi doirasida bir qator ko‘ngilli tashabbuslarni amalga oshirdi.
Birinchi ijtimoiy tashabbus “Taskin” bolalar onkologik xospisini qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. Xodimlar tashabbusi bilan nogironlar aravachasidagi bolalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlaydigan pol qoplamasini yangilash moliyalashtirildi. Tibbiyot xodimlariga fidokorona mehnati, jajji bemorlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Og‘ir kasallikka chalingan bolalarning ota-onalariga alohida moliyaviy yordam ko‘rsatildi, ma‘lumki ularning farzandlari salomatligi uchun kundalik kurashlari katta kuch va qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi.
“Asia Trans Gas” kompaniyasining ko‘ngilli xodimlari Chirchiq shahridagi 200 dan ortiq uy hayvonlari saqlanadigan “Mehr” uy hayvonlari boshpanasiga tashrif buyurishdi. Boshpanaga ozuqa, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi, shuningdek, chiqindilarni olib ketish va utilizatsiya qilishni tashkil etishda yordam ko‘rsatildi.
Kompaniya xodimlari tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi “Bobur” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ham yordam ko‘rsatildi. Oilalar, keksalar va yolg‘iz yashovchilarga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari berildi.
Shahar jamoalaridan tortib qishloq joylarigacha, odamlarni qo‘llab-quvvatlashdan tortib hayvonlarga yordam berishgacha – ATGning ijtimoiy tashabbuslari kengayishda davom etmoqda va yangi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda. Bunday kichik ezgu amallar kompaniya va jamiyat o‘rtasida iliq va ishonchli munosabatlarni shakllantiradi
